Professor Sh.A.Mutalov tomonidan tashkil etilgan“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostidagi “Birinchi kurs maktabi” darslarining uchrashuvi

Joriy yilning 13-15-sentyabr kunlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida direktorimiz kimyo fanlari doktori, professor Sh.A.Mutalov tomonidan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida tashkil etilgan “Birinchi kurs maktabi” darslarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda filial direktori talabalarni talabalik baxtiga ega bo‘lganliklari bilan samimiy tabriklab, ularga baholash mezoni, kredit-modul tizimi, stipendiya nizomi to‘g‘risida ma’lumot berar ekan, jumladan, filialning talabalar uchun belgilangan ichki tartib-qoidalari, shuningdek, o‘qish jarayonida zukkoligi, ilmga chanqoqligi va faolligi bilan o‘zini namoyon eta olgan talabalarning turli davlat grantlari, stipendiyalar va ko‘plab ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etishi borasidagi tushunchalarni ham berib o‘tdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning kuni kecha chop etilgan “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” nomli yangi kitobi haqida:

-Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev taqdim etayotgan Yangi O‘zbekiston strategiyasida maktabgacha, maktab va oliy ta’lim tizimlaridagi vazifalar: maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasi, hozirgi 62 foizdan kamida 80 foizga yetkazilishi, maktab ta’limi tizimi uchun o‘quv dasturlari va darsliklar ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ishlanib, 2026-yilga qadar amalda joriy etilishi, oliy ta’limga qamrov darajasini 50 foizga yetkazish bilan birga asosiy e’tibor ta’lim sifatini oshirishga qaratilishi, 2026-yilga qadar kamida 10 ta oliygoh nufuzli xalqaro reytinglarga kiritilishi, talabalarning yashash sharoitini yaxshilash uchun kelgusi besh yilda qariyb 100 ming o‘rinli talabalar yotoqxonalari barpo etilishi, oliy ta’limda raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida 2026-yilgacha xususiy oliygohlar soni kamida 50 taga yetkazilishi, doktoranturaga qabul davlat buyurtmasi hamda manfaatdor tashkilotlar mablag‘lari hisobidan to‘lov-grant asosida joriy etilishi, olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha har ikki yilda o‘tkaziladigan umumrespublika sport o‘yinlari – Milliy olimpiada tizimi joriy etilishi Oliy ta’limni rivojlantirishning o‘ziga xos demokratik yo‘li va taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.

Muhtaram Prezidentimizning har tomonlama olib borayotgan odil siyosati, xalqimizning orzu-intilishlari, maqsad va vazifalarini amalga oshirishda muhim dasturilamal hisoblanadi. Zeroki, har qanday islohot faqatgina raqamlarda emas, balki, eng avvalo, aholining kundalik hayotida o‘z aksini topayotganligidan dalolat bermoqda,”- deya ta’kidlab o‘tdi va va barcha talabalarimizni ushbu kitob mutoalaasiga chaqirdi.

Quyida 3 kun davomida bo’lib o’tgan tadbirlar guruhlar kesimida:

1-kun “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish”, “Kimyoviy texnologiya” hamda “Texnologik mashinalar va jixozlar” yo’nalishi talabalari uchun;

2-kun ” Oziq-ovqat texnologiyasi”, “Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi” yo’nalishi talabalari uchun;

3-kun “Vinochilik texnologiyasi, bijgʼish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi” hamda “Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti” yo’nalishi talabalari uchun.

Talabalar filial direktoriga fikr-mulohazalarini bildirib, o‘z savollariga javoblar olishdi. Muloqot rasmiyatchilikdan holi, ochiq va samimiy ruhda davom etdi. Talabalarning filialda o‘tgan dastlabki ilk dars saboqlari shu tariqa mazmunli va maroqli kechdi.

Scroll to Top