“Qashqadaryo kichik olimpiya sport o`yinlari” musobaqasi Shahrisabzda

Joriy yilning 5-may kuni Shahrisabz shahrining “Xisor” o`yingohida Shahrisabz shahri va tumanidagi mahallalarning, 18 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan uyishmagan yoshlari o`rtasida futbol musobaqasi bo`lib o`tdi.

 “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida o`tgan “Qashqadaryo kichik olimpiya sport o`yinlari” musobaqasida oliygohlar va mahallalar hamkorligi doirasida TKTI Shahrisabz filiali futbol jamoasi hamda 9 ta mahalla jamoalari ishtirok etdi.

Qizg’in va murosasiz o`tgan bellashuvlarning so`nggi yarim finalida “Qo`shchinor” MFY, “Ipak yo`li”  MFY, “Xontepa” MFY va TKTI Shahrisabz filiali futbol jamoalarii bahslashishdi.

Birinchi yarim final uchrashuvi natijalari:

“Qo`shchinor” MFY -2

TKTI Shahrisabz filiali -1

Ikkinchi yarim final uchrashuvi natijalari:

“Ipak yo`li” MFY -3

“Xontepa” MFY -1 hisobida yakunlandi.

 Final bahsida “Qo`shchinor” MFY jamoasi “Ipak yo`li” MFY jamoasi ustidan 2 : O hisobida ustun kelib, musobaqa g`olibiga aylandi. 2-o`rinni “Ipak yo`li” MFY jamoasi, 3-o`rinni esa TKTI Shahrisabz filiali jamoasi egalladi.

Musobaqa yakunida, g`olib va sovrindorlar O`zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi, O`zbekiston milliy olimpiya qo`mitasi va Qashqadaryo viloyat hokimligi vakillari tomonidan diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.

Scroll to Top