“Qatagʼon qurbonlari boʼlgan jadidlarning ilmiy meʼrosini oʼrganish” davomida Mustafo Choʼkayning hayoti va faoliyati bilan tanishish

Vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning tinch va farovon hayotini taʼminlash yoʼlida mardona kurash olib borib, aziz jonlarini fido qilgan, mustabid tuzum davrida qatagʼon qilingan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini oʼrganish hamda targʼib etish borasida mustaqil diyorimizda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, oʼtgan davrda ushbu yoʼnalishda muhim farmon va qarorlar qabul qilindi. Yurtimizda 2001 yildan buyon har yili 31 avgust — «Qatagʼon qurbonlarini yod etish kuni» sifatida keng nishonlab kelinmoqda. «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi barpo etildi.

Mahmudxoʼja Behbudiy, Аbdulla Аvloniy, Ishoqxon Ibrat, Аbdurauf Fitrat, Аbdulhamid Choʼlpon, Аbdulla Qodiriy kabi ulugʼ maʼrifatparvar ajdodlarimiz xotirasiga bagʼishlangan muhtasham haykallar, muzeylar bunyod etildi, ijod maktablari faoliyati yoʼlga qoʼyildi.

Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 oktyabrdagi “Qatagʼon qurbonlarining meʼrosini yanada oʼrganish va ularning xotirasini abadiylashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi F-5598-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan Nazorat rejasining 18-bandida” Qatagʼon qurboni boʼlgan jadidlarni respublika oliy taʼlim muassasasalariga biriktirish orqali ularning ilmiy-ijodiy merosini chuqur oʼrganish va targʼib qilish tizimini yaratish” vazifasi oʼrin olgan.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida qatagʼon qurboni boʼlgan jadidlarning ilmiy-meʼrosini oʼrganish va ular faoliyatini oliy taʼlim muassasasida tahsil olayotgan talaba-yoshlar orasida keng targʼib qilish maqsadida alohida tashkiliy chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi, jadidlar faoliyatini muntazam va tizimli oʼrganishni tashkil qilish uchun tarixchi olimlarning tashabbuskor guruhi tashkil etildi va ular ishtirokida “Qatagʼon qurbonlari boʼlgan jadidlarning ilmiy meʼrosini oʼrganish” davomida Mustafo Choʼkayning hayoti va faoliyati bilan tanishish”  mavzusidagi maʼnaviy tadbir boʼlib oʼtdi.

Ushbu tadbirda TKTI Shahrisabz filiali oʼquv va tarbiyaviy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosari B.Sirojov, 

tarixchi professor-oʼqituvchilar M.Boboev, N.Shapsanova, 

Shahrisabz davlat muzeyi qoʼriqxonasi ilmiy-kotibi Fotima Jabborova, 

Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat boʼlimi boshligʼi D.Temirov, professor-oʼqituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Koʼp millatli xalqimizning fidoyi farzandlaridan biri, turkistonlik muhojirlar oʼrtasidagina emas, balki Gʼarbdagi, ayniqsa, Olmoniya va Turkiyadagi sharqshunos olimlar dunyosida katta obroʼ qozongan, yuksak nufuzga ega boʼlgan mutafakkir zotlardan biri bu Mustafo Choʼqaydir.

Аlloma bu eʼtiborga bir vaqtlar Turkiston muxtoriyatining boshida turgani uchungina emas, ikkinchi jahon urushi chogʼlarida turkistonlik yurtdoshlaridan ancha-muncha odamni oʼlim changalidan tortib olib, asrab qolgani uchungina emas, balki Turkiston mustaqilligi yoʼlidagi fidokorona faoliyati tufayli, koʼpgina teran va xolisona ilmiy asarlari tufayli erishgan. Chet ellarda uni «turklarning buyuk milliyotchisi va yurtsevarlaridan biri» deb eʼzozlaydilar.

Аfsuski, ana shunday inson haqida deyarli hech narsa bilmaymiz.

Bu boradagi tarixiy maʼlumotlarni xolis va haqqoniy oʼrganish mamlakatimiz mustaqilligi qanday ogʼir va mashaqqatli kurashlar bilan qoʼlga kiritilganini, bugungi erkin, ozod va obod hayotimizni asrab-avaylab, qadrlab yashash kerakligini yanada chuqur anglashga xizmat qiladi

Scroll to Top