Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

“Qorabayer otchilik majmuasi” bilan o’zaro hamkorlik uchrashuvi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturi to`g`risida”gi 2021-yil 5-avgustdagi PQ-5211-sonli qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Yo`l xaritasi”ning 17-bandi ijrosi yuzasidan o`quvchi va talabalarning ot sporti turlariga qiziqishini oshirish, joylarda ot sporti xizmatlarini yo`lga qo`yish maqsadida, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining jismoniy tarbiya murabbiylari N.Rahmatov, A.Sattorov va Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limi uslubchisi I.Xamrayevlar tomonidan tong saxarlab Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tumanidagi “Qorabayr otchilik majmuasi”ga ekskursiya uyushtirildi.

Undan ko’zlangan asosiy maqsad,  filail hamda “Qorabayer otchilik majmuasi” o’rtasida doimiy hamkorlik qilish to’g’risida memorandum kelishuviga erishish edi.

Shu kunning o`zida TKTI Shahrisabz filialida mashhur polvonlar, chavondozlar bilan talabalar o`rtasida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatini jismoniy tarbiya murabbiysi N. Raxmatov ochib berdi va so`zni mashxur chavandoz Sunnatillo Sharipovga berdi.

Chavandoz ot bilan bog`liq barcha erishgan yutuqlarini va hayotiy tajribalarini talabalar bilan o’rtoqlashdi hamda ot sportiga qiziqqan talabalarni o’z majmuasiga taklif qildi.

Tadbir yakunida, Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limi boshlig`i D.Temirov so`zga chiqib, bundan keyin hamkorlik doimiy davom etishini ta`kidladi hamda polvon va chavandozlarga filial rahbariyati nomidan minnadorchilik bildirdi.