“Shahrisabz davlat xavfsizlik xizmati chegara qo’shinlari harbiy qism”iga tashrif

Bugun biz, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali talabalari, mikroiqtisodiyot fani o’qituvchisi Oybek Sa’dullayev, Yoshlar ittifoqi yetakchisi va mobil targ’ibot guruhi sardori U.S.Turayeva boshchiligida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi “Shahrisabz davlat xavfsizlik xizmati chegara qo’shinlari harbiy qism”iga tashrif buyurdik.

 Undan ko’zlangan asosiy maqsad, talaba yoshlarni harbiylik kasbiga qiziqtirish, vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash va ularni kelgusida vatanga munosib yetuk inson qilib ulg’aytirishdan iborat. 

. Tashrif o’ylaganimizdan ham juda maroqli tarzda o’tdi, talabalarga harbiy qism mas’ul xodimlari tomonidan ko’p turdagi jangovar qurollar, tanklar, harbiy avtomashinalar, birinchi tez tibbiy yordam asbob-uskunalari va ko’plab jihozlar haqida yetarlicha ma’lumotlar berildi. 

Tashrif Shahrisabz shahridagi 2-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o’quvchilari tomonidan “damli va damsiz cholg’u asboblari” jo’rligida tayyorlangan konsert dasturi bilan o’z nihoyasiga yetdi.  

Scroll to Top