Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Sohaning yetakchi ish beruvchi korxona vakillari bilan navbatdagi uchrashuv

2021 yilning 25-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida talabalarni kelgusidagi kasbiy faoliyatga yo’naltirish bo’yicha “Sohaning yetakchi ish beruvchi korxona vakillari” bilan navbatdagi davra suhbati bo’lib o’tdi.

Davra suhbatida TKTI Shahrisabz filiali direktori professor Sh.Mutalov, TSNQ bo’limi boshlig’i M.Samadov, kengash kotibi J.Mirzayev, Shahrisabz “EAST AGRO International” MChJ sex boshlig’i Xudoyqulov Rustam Baratovich, qishloq xo’jalik bo’limi boshlig’i Narzullayev A’zamxon Nosirovich, filial profess-o’qituvchilari, “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” ta’lim yo’nalishi talabalari ishtirok etishdi.

 Davra suhbatini TKTI Shahrisabz filiali TSNQ bo’limi boshlig’i M.Samadov kirish so’zi bilan ochib berdi. 

So’ngra so’z navbati Shahrisabz “EAST AGRO International” MChJ xodimlariga berildi. Korxona vakillari “EAST AGRO International” MChJ ning qisqacha tarixi, bugungi kundagi faoliyati, korxonaning quvvati, korxona jihozlari, korxona laboratoriyasi to’g’risida birma-bir so’zlab berdilar.

Davra suhbati yakunida korxona vakillariga va suhbat tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirildi hamda bunday uchrashuvlar yana davom ettirilishi ta’kidlandi.