Sohibqiron Amir Temur 685 yoshda

XIV asr dahosi, tarixdagi eng buyuk imperiyalardan birining asoschisi, lashkarboshi, siyosatchi, insoniyat tarixidagi eng qatʼiyatli shaxslardan biri, fan va madaniyat homiysi Amir Temur bugungi kunning haqiqiy faxri desak mubolag’a bo’lmaydi.

9-aprel Amir Temur tavallud topgan kun Shahrisabz shahrida har yili ko’tarinki ruhda nishollanadi. 

Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabat bilan bugun erta tongdan shahar bayramona bezatildi. Qashqadaryo viloyatining barcha tashkilotlari  va OTM rektorlari, jumladan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali jamoasi ham buyuk sarkarda haykali poyiga gulchambar qo’yish marosimida ishtirok etishdi.

Scroll to Top