“Sohibqironning buyuk me’rosi –ma’rifatli kelajak poydevori” mavzusidagi III Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

Joriy yilning 9-aprel sanasida buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan “Sohibqironning buyuk me’rosi –ma’rifatli kelajak poydevori” mavzusidagi III Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbir tashkilotchisi Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Lola Saodatova bo‘lib, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi viloyat kengashi raisi Dilshod Usmonov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Respublika yosh olimlar kengashi direktori Sayyora Saidova “Temuriylar davrini yosh olimlar va tadqiqotchilar o‘rganishi“, Janubi g‘arbiy maxsus harbiy okrugi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Axror Jafarov “Temuriylar davrida harbiy san’ati rivoji”, QarDU o‘qituvchisi Akrom Xasanov “Sohibqiron Amir Temur qudratimiz timsoli”, shoira Sharofat Ashurova “Millatning daho haloskorini tarbiyalagan yurt” mavzularida ma’ruzalar qilishdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan ushbu konferensiyada TKTI Shahrisabz filiali professor-o‘qituvchilari, talabalari hamda ishtirokchilar juda ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Scroll to Top