Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

» Sportni sev , Sport bilan yasha» shiori ostidagi «Rektor kubogi» futbol musobaqasi

Darhaqiqat, hozirgi kunda har birimizning kundalik turmushimizda, hayotiy faoliyatimizda jismoniy tarbiya va sportning tutgan o’rni yuqori darajada desam hech ham mubolag’a bo’lmaydi. Aynan, biz amal qiladigan sog’lom turmush tarzining poydevori ham aynan, jismoniy tarbiya va sport hisoblanadi.

Bilamizki, hozirgi kunda mamlakatimizda o’tgan yillarga nisbatan sportga bo’lgan e’tibor, uning rivoji uchun qilinadigan ishlar va islohotlar, shart-sharoitlar, yosh avlodni sportga bo’lgan qiziqishini oshirish, ularni o’zlari yoqtirgan sport turlariga jalb qilish maqsadida qilingan ishlarning ko’lami sezilarli darajada o’zgardi.

Shu munosabat bilan, bizning Toshkent kimyo-texnologiya Instituti Shahrisabz filialimizda ham oliygohimizdagi barcha yo’nalishdagi guruhlardan saralab olingan talabalar o’rtasida » Sportni sev , Sport bilan yasha» shiori ostida «Rektor kubogi» futbol musobaqasi o’tkazildi.

 Musobaqa juda ko’tarinki kayfiyatda, taraflarning do’stona munosabati ostida o’tdi. Murosasiz va qizg’in 3 kun davom etgan  bellashuvda g’oliblarni aniqlash juda qiyin bo’ldi. Musobaqada 3-o’rin TMJ yo’nalishi talabalariga nasib etdi. Finalga chiqqan TJA va Vinochilik yo’nalishlari talabalari o’rtasida bo’lgan qizg’in bellashuvda taraflar darvozalaridan bittadan to’p o’tkazib, penaltilar seriyasiga yo’l olishdi. Seriyada TJA yo’nalishi talabalarining qo’li baland kelib, kubog ularga nasib etdi. Musobada yuqori o’rinlarni egallagan talabalar filialimiz direktori prof.Sh.A.Mutalov tomonidan qimmatbaho sovg’alar va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.