Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

«STOL TENNISI» musobaqasi

Darhaqiqat, muhtaram Prezidentimiz so’zlari bilan aytganda: “ Hech narsa mamlakatni sportchalik dunyoga tez tanita olmaydi”. Dunyoda mashhur davlatlar AQSH, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Braziliya kabi mamlakatlar aynan sportning ma’lum turida ustunligi bilan barchamizga tanish. Bilamizki, hozirgi kunda bizning mamlakatimizda ham sportning juda ko’p turlari rivojlanib, jahon arenalarida sportchilarimiz yuqori o’rinlarni egallab, yurtimiz dovrug’ini butun dunyoga tanitmoqda. Shu tufayli, sportning rivoji va uning porloq kelajagi uchun yurtimizda keng ko’lamdagi ishlar, shart-sharoitlar yaratilmoqda. Nafaqat, yurtimizda balki, bizning Filialimizda ham talabalarni sportga bo’lgan qiziqishini oshirish, talabalar bo’sh vaqtini unumli tashkil etish maqsadida: “Sport bilan og’usiz hayot” oyligi doirasida talabalar va filialimiz professor-o’qituvchilari o’rtasida sportning “stol tennis”  turi bo’yicha “Direktor kubogi” musobaqasi o’tkazildi.

Murosasiz va shiddatli kechgan musobaqa juda qizg’in va ko’tarinki kayfiyatda o’tdi. Stol tennisiga qiziqishi bo’lgan talaba-yigitlar o’rtasidagi musobaqada

3-o’rin 2-19 guruh talabalasi Suvonov Anvarga,

2-o’rin 13-20 guruh talabasi Mustafoyev Azimga,

1-o’rin 8-20 guruh talabasi Karimov Nodirbekka nasib etdi.

Professor-o’qituvchilari ham sportning “stol tennisi”  turidan o’z omadlarini sinab ko’rishdi. Qiziqarli o’tgan belllashuvda

3- o’rin oliy matematika professor-o’qituvchisi Pirimov To’lqinga,

2-o’rin filialimiz bosh muhandisi Jo’raqulov Alisherga ,

1-o’rin monitoring va ichki nazorat bo’lim boshlig’i Shoimov Shermurodga,

Xotin-qizlar o’rtasida o’tkazilgan musobaqada esa

2-o’rin filialimiz XQMBDM, psixolog A,U,Berdiyevaga,

1-o’rin esa filialimiz yoshlar ittifoqi yetakchisi  U.S.Turayevaga nasib etdi.

Musobaqada faol ishtirok etgan va yuqori o’rinlarni egalllagan professor-o’qituvchilar, talabalar filialimiz rektori prof.Sh.A.Mutalov tomonidan qimmmatbaho sovg’alar, diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanib, ularga kelgusi ishlarida omad va zafarlar, samimiy tilaklar bildirildi.