Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Sumalak sayli

Xalqimizning eng sevimli milliy taomlaridan biri sumalak bugʼdoy donidan tayyorlanadi. Uning foyda-zararini aniqlaguncha qancha vaqtlar oʼtmagan.

-Sumalak bahorning shifobaxsh taomi boʼlib, u qonimizni tozalab, jismimizni tetiklashtirib, kuch-quvvatimizni oshiradi.

-Sumalakda shakar moddasi, oqsil, foydali javharlar (kislota), darmondorilar moʼl boʼladi.

-1936 yilda bugʼdoy oʼsimtasini tekshirgan Emerson va Evans ismli nemis olimlari bugʼdoyda tokoferol moddasi borligini aniqlashgan va u jenщenь tarkibida uchraydigan Ye vitaminining oʼzginasi ekanligini isbotlashgan.

-Olimlarning taʼkidlashicha, sumalak gipertoniya, gepatit, buyrak, meʼda-ichak xastaliklariga yaxshi davo boʼlib, qon tarkibini yaxshilab, meʼda-ichak faoliyatini meʼyorga keltiradi, asabni tinchlantiradi, yaxshi uxlatadi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining kimyo fani assistent-oʼqituvchisi Sobirova Ruxsora rahbarligidagi 21-20 guruhi talabalari hamda OʼUB uslubchisi Uzoqova Shirin rahbarligidagi 22-20 guruh talabalari tashabbuskorligida Navroʼz bayramining anʼanaviy taomi boʼlmish “Sumalak” sayli boʼlib oʼtdi. Saylga filial direktori professor Sh.Mutalov boshchiligidagi bir guruh professor-oʼqituvchilar tashrif buyurishdi.

“Sumalak” sayli koʼtarinki kayfiyatda nishonlandi. Kun davomida talabalar Navroʼzning kelib chiqish tarixi, “Navroʼz” hangomalari, yangilanish fasli aytishuvlarini namoyish etishib, “Sumalak” saylini koʼtarinki kayfiyatda nishonlashdi.