Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Talaba-qizlar o`rtasida o’tkazilgan voleybol musobaqasi

Toshkent kimyo- texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo`yicha 5 ta muhim tashabbus” ijrosini ta`minlash maqsadida, Xotin-qizlar kengashi, Yoshlar ittifoqi etakchisi hamda sport murabbiylari hamkorligida  sportning voleybol turi bo`yicha yo’nalishlar kesimida talaba-qizlar o`rtasida musobaqa bo`lib o`tdi.

Musobaqa boshlanishida barcha jamoalar saf tortishib, davlatimiz madhiyasi sadolari ostida musobaqaga start berildi. 

Musobaqa boshlanishida barcha jamoalar saf tortishib, davlatimiz madhiyasi sadolari ostida musobaqaga start berildi. Musobaqa qizg`ina, ayniqsa, hal qiluvchi bahslar murosasiz o`tdi. Musobaqa yakunida quyidagi jamoalar g`olib va sovrindorlarga aylanishdi.

1-   o`rin  “Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi” yo’nalishi  jamoasi

2-   o`rin  “Kimyoviy texnologiya” yo’nalishi jamoasi

3-   o`rin  “Texnologik mashinalar va jihozlar” yo’nalishi jamoalari faxrli o`rinlarni egalladilar.