Talabalar mamnun

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 1-yoʼnalishi – yoshlarni musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, isteʼdodini yuzaga chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratish yo’nalishi boʼyicha bugun Shahrisabz shahar madaniyat markazida viloyat musiqali drama teatri sanʼatkorlari tomonidan sahnalashtirilgan “Bobomning orzusi” deb nomlangan spektakl namoyish etildi. 

Ushbu spektakl namoyishida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining professor-o’qituvchilari hamda 320 nafar talabalari ishtirok etishdi.

Mazkur sahna asarini talabalar katta qiziqish bilan tomosha qilishdi hamda aktyorlar bilan esdalik suratlariga tushishdi. Mana shunday ijodiy uchrashuvlar talaba-yoshlar uchun maʼnaviy ozuqa boʼlib xizmat qiladi.

Scroll to Top