Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasiga erishish

Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida Oliy ta’lim tizimi tasarrufidagi Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim turli amaliyot shakllari (tanishuv, malakaviy, ishlab chiqarish) bilan uzviy bog‘langan. O‘quv jarayonining bir elementi sifatida ushbu amaliyot shakllari orqali talabalar darslarda olgan nazariy bilimlarini texnologiya va texnikaning zamonaviy usullaridan foydalangan holda, ishlab chiqarish sharoitlarida qo‘llab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Amaliyot davrida talabalar ularga qo‘yilgan masaladan kelib chiqib mustaqil ravishda ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash, olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash, ishlab chiqarish jarayonida qo‘llaniladigan qurilmalar va texnologiyalarni yaqindan o‘rganish bo‘yicha malakalarini oshirib borish bilan bir qatorda jamoada ishlash va o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini ham egallab boradilar.

Barcha turdagi amaliyotlar talabalarning kasbiy o‘z-o‘zini anglashida va ularning o‘z kasbi bo‘yicha ishlashiga mehr oshishida ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ish beruvchilar ham ushbu masalaga jiddiy yondashib, istiqbolli rejalar sifatida qarashsa bu faqat xalq ravnaqi uchun, vatan ravnaqi uchun rivojlanish uchun xizmat qiladi.

Ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasiga erishish maqsadida, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali viloyatlarda joylashgan yirik sanoat korxonalari bilan samarali hamkorlik o‘rnatgan. Va bugungi kunda talabalarimiz o‘z tanlovlari asosida ushbu korxonalarda amaliyot o‘tashmoqda.

Amaliyotlar nufuzli korxonalarda olib borilmoqda. Masalan, «Sho‘rtan Gaz Kimyo majmuasi», «Sho‘rtan Neft va Gaz qazib chiqarish» korxonasi,

Shahrisabz «Don-Xalq Rizqi» AJ,

Shahrisabz «Vino-Aroq» AJ,

Koson Yog‘-Moy ishlab chiqarish korxonasi, Kattaqo‘rg‘on Yog‘-Moy zavodi,

O‘zkimyosanoat AJ «Dehqonobod kaliy zavodi», «Shahrisabz mevalari» MChJ, «Qamashi Don Qabul Qilish» MChJ,

«Texnopark» MChJ,

«Qashqadaryo Don Mahsulotlari» AJ, «Buxoro Neftni Qayta Ishlash» zavodi kabi bir qator yirik turdagi ishlab chiqarish korxonalarda

amaliyot o‘tashmoqda va ular uchun barcha sharoitlar yaratilgan, ba’zi korxonalar amaliyotchi talabalar uchun bepul tushliklar tashkil qilgan bo‘lsa, ba’zilari oylik ish haqi to‘lanadigan ish o‘rinlarini yaratgan. Bu esa o‘z navbatida talabalarning o‘z sohalariga bo‘lgan qiziqishlarini ortishiga bir turtki bo‘lib xizmat qiladi. Amaliyotlarni yuqori saviyada tashkil etilishi talabalarning nazariy o‘qish davrida olgan bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlanishiga albatta o‘z samarasini beradi.