Tashabbuskorlik davr talabi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi” tomonidan “Tashabbuskorlik davr talabi” mavzusidagi tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirdan asosiy maqsad,  IT sohasiga qiziquvchan talabalarni qo’llab-quvvatlash, ularga yangi Start Up loyihalarini amalga oshirishlarida zarur bilim va ko’nikmalarni berish, malakali mutaxassislarni yetishtirishdan iborat.

Ushbu tadbirda kafedra mudiri Norqobilov Adham Tilovovich, OOMTSU fakulteti dekani Tilovov Husan Shomurodovich, sirtqi bo’lim boshlig’i  Rahmonova Shahlo Rashidovna, professor-o’qituvchilar hamda sohaga qiziquvchi iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirni kafedra mudiri dots. A.Norqobilov ochib berdi va talabalarga hozirgi kundagi qiziqarli axborot texnologiyalari, web dasturlar, raqamli texnologiya,  dasturlash asoslari, undagi imkoniyatlar  haqida so’zlab berdi.

OOMTSU fakultet dekani H.Tilovov talabalarni hozirgi yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o’zlari uchun zarur bilim va ko’nikmalarni egallab, kelajakda yaxshi mutaxassislar bo’lib yetishishga, shuningdek bilim olishda internet tarmoqlaridan to’g’ri foydalanishga chorladi

Sirtqi bo’lim boshlig’i S.Raxmonova so’zga chiqib, dasturchilarga puxta bilim va tajriba olish uchun doimo o’qish va izlanishlar kerakligini ta’kidladi. Albatta, O’zbekiston sharoitida milliy dasturlar tuzish ham ahamiyatga ega ekanligi, shu bilan birga jahon andozalariga mos dasturlar orqali keng ommaga foydasi tegadigan bo’lsa iqtisodiy o’sishlar bo’lishini ta’kidlab o’tdi.

Tadbir so’ngida “Yangi Start Up g’oyalar” tanlovi sovrindorlari 3-kurs talabalari Shaxtiyor Maxmudov va Isroil Qudratovlar o’z loyihalaridagi yangiliklar bilan o’rtoqlashishdi.

 

Tadbir ishtirokchilarida ushbu soha katta qiziqish uyg’otdi. Talabalarning barcha savollariga A.Norqobilov tomonidan javoblar berildi.

Bloger talaba:  Ergashev Abduraufxon

 

Scroll to Top