Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyidagi davra suhbati

Joriy yilning may oyida Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “Internet xalqaro tarmog‘idagi axborot xurujlari, kiberjinoyatchilik va internetning yoshlar ma’naviyatidagi salbiy ta’siri” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali “Axborot texnologiya”lari fani o‘qituvchisi Sarvar Toshev, Shahrisabz shahridagi ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi “Axborot texnologiyalari” yo‘nalishi bo‘lim boshlig‘i Akbar Qodirovlar ishtirok etishdi. 

O‘quvchilarga internet xalqaro tarmog‘idagi axborot xurujlari, axborot xurujining hozirgi vaqtdagi ko‘rinishlari, kiberjinoyatchilik, kiber o‘g‘rilar, kiber o‘g‘rilarning amalga oshiradigan jinoyatlari turlari, xakerlar, xakerlarning faoliyati bo‘yicha tiplari, kiber jinoyatning turlari va unga jazo muqarrarligi, internetning yoshlar ongiga salbiy ta’siri kabi tushunchalar tinglovchilarga taqdimot ko‘rinishida tushuntirib berildi. 

Davra suhbati o‘qituvchilarning ma’ruzasidan so‘ng savol-javob va munozara ko‘rinishida davom etdi.