TKTI Shahrisabz filiali dots. S.S.Ravshanovnindg ilmiy tadqiqot ishlari taqdimoti.

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Uzdonmahsulot” АK, “Oʼzbekoziqovqat-xolding” XK, Qishloq xoʼjaligi vazirligi va “Toshkent non” uyushmasi rahbariva yetakchi mutaxassislari  ishtirokida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali ilmiy-ishlar va innovatsiyalar boʼyicha direktor oʼrinbosari dotsent S.S.Ravshanov ilmiy ishlanmalarining ishlab chiqaruvchilarga taqdimoti hamda mamlakatimizda olib borilayotgan taʼlim va ishlab chiqarish boʼyicha islohatlarni ijrosini taʼminlash maqsadida seminar-yigʼilish boʼlib oʼtdi.        

Yigʼilishdan maqsad, Oliy taʼlim muassasalarini ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvini hamda Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarni ijrosini taʼminlash, shuningdek, S.S.Ravshanovning “Mahalliy bugʼdoy donlaridan navli un tortish texnologiyasida gidrotermik ishlov berish jarayonini takomillashtirish”, “Maxalliy bugʼdoy donlarini navli un tortishga tayyorlashda yer osti va ichimlik suvni taʼsirini tadqiq etish”, “Mahalliy bugʼdoy donlaridan tortilgan unlarning funktsional xossalarini oziqaviy qoʼshimchalarsiz yaxshilash” mavzulari boʼyicha mavjud ishlanmalarining bugungi kundagi Respublikamiz oziq-ovqat sanoati uchun ahamiyatliligini muhokama qilishdan iborat.

Bugungi kunda Respublikamiz rahbariyati tomonidan ishlab chiqarishni taʼlimdan oldinga chiqib ketganligi keng taʼkidlanib kelinmoqda. Shuning uchun institutimiz professor-oʼqituvchilari, tadqiqotchilari tomonidan olib borayotgan ilmiy izlanishlari bugungi kunning ishlab chiqaruvchilari uchun ahamiyatlidir.

S.S. Ravshanov olib borgan tadqiqot natijalarini Respublikamizning tegirmon va non ishlab chiqaruvchi korxonalari uchun “Mahalliy bugʼdoy donlaridan navli un tortish texnologiyasida gidrotermik ishlov berish jarayonini takomillashtirish” , “Mahalliy bugʼdoy donlarini navli un tortishga tayyorlashda yer osti va ichimlik suvni taʼsirini tadqiq etish”, va “Mahalliy bugʼdoy donlaridan tortilgan unlarning funktsional xossalarini ozuqaviy qoʼshimchalarsiz yaxshilash” mavzularida olib borilgan tadqiqot natijalarini respublikamizning nafaqat non ishlab chiqaruvchi korxonalari uchun, balki tegirmonlarning amaldagi faoliyatini takomillashtirish uchun ham dolzarbligi va Respublika oziq-ovqat sanoati uchun ahamiyatliligini ilmiy asosladi. Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoevning 10.11.2020 yilda qabul qilgan “Аholining sogʼlom ovqatlanishni taʼminlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq, sogʼlom ovqatlanish dasturining indikatorlari belgilangan vazifalarni bajarishda ushbu ishlanmalar muayyan darajada xizmat qilishini taʼkidladi.

Scroll to Top