TKTI Shahrisabz filiali talabasi “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” loyihasi sovrindori

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2020-yil 25-dekabr kuni yoshlar bilan bo‘lgan uchrashuvda iqtidorli yoshlarni kashf qilish, ularning tashabbus va intilishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida, har bir viloyatda “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” loyihasini amalga oshirish g‘oyasini ilgari surgan edilar.

«Har bir viloyatdan 100 tadan g‘oya kelib tushsa, O‘zbekiston bo‘yicha jami 1 ming 400 ta g‘oya bo‘ladi. 100 tadan hech bo‘lmaganda 10 tasi iqtisodiy jihatdan barqaror bo‘lib, albatta, mamlakat iqtisodiyotiga tatbiq etiladi», — degan edi davlatimiz rahbari.

Prezidentning fikricha, loyiha doirasida shahar va qishloqlardagi tashabbuskor yoshlarning iqtisodiyot, ta’lim, sport, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari kabi sohalardagi g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratilishi nazarda tutilgan.

Yoshlar ishlari agentligi IT Park va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda «O‘zbekiston uchun 100 g‘oya» tanlovi ishga tushirildi. Tanlovda millati, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan barcha xohlovchilar mutlaqo bepul ishtirok etishi mumkinligi va u uchta bosqichdan: saralash bosqichi, hududiy va respublika bosqichlarida o‘tkazilishi belgilandi.

Shu munosabat bilan, o‘tkazilgan “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” loyihasi tanlovining Qashqadaryo viloyatidagi hududiy bosqichida o‘zining“Kelajak energiyasi” mavzusidagi loyihasi bilan ishtirok etgan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali sirtqi bo‘lim “Texnologik mashina jihozlari yo‘nalishi” 1-kurs talabasi Bozorov Jamoliddin Odil o‘g‘li 11,3 ball bilan 68-g‘oya muallifi g‘olibligini qo‘lga kiritdi

Sovrindor talabamizga TKTI Shahrisabz filiali direktori hamda jamoasi nomidan keyingi Respublika bosqichida omadlar tilab qolamiz!

Scroll to Top