Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

TKTI Shahrisabz filialida tarix fanidan ochiq sayyor dars

2019 yil 23 oktyabr kuni “Tarix” fanidan “Amir Temur va temuriylar davri tarixi” mavzusidagi amaliy sayyor darsi  o`tkazildi. Amaliy sayyor darsda 40 nafar 2-19, 4-19 guruh talabalari ishtirok etishdi. Mazkur dars Shahrisabz shahrining markazida joylashgan “Oq-saroy” me`moriy obidasi, Amir Temur haykali va “Amir Temur ” muzeylarida tashkil etildi.

Ushbu sayyor dars O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2019 yil 13 apreldagi  №340-sonli “Oliy ta`lim muassasalarida dars mashg`ulotlarini mavzular bo`yicha tegishli joylarda  sayyor  o`tkazilishini ta`minlash to`g`risida”gi buyrug`i  hamda O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2019 yil 14 sentyabrdagi №87-03-3510 sonli xatiga  muvofiq o`tkazildi.

Sayyor dars o`quv va ma`naviy -ma`rifiy ishlar bo`yicha dekan o`rinbosari M.Boboyev va tarix fani  o`qituvchisi N.Shapsanovalar tomonidan tashkil etildi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan