Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

TKTI Shahrisabz filialida tashkil etilgan Call center va Sohaga yo’naltirish maslahat xonalari siz uchun xizmatda

12 iyun kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida    

prof. Mutalov Sh.A. rahbarligida filial yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda barcha bo`lim boshliqlari va xodimlari ishtirok etishdi. Yig`ilishda O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2020 yil 10 iyun kunidagi № 87-03-1990-sonli xatiga muvofiq Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida 2020/2021 o`quv yili qabuli uchun abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ularning qiziqtirgan savollarga tezkor javob berishini ta`minlash uchun Call center va Sohaga yo`naltirish maslahat  xonalarini tashkil etish masalasi ko`rildi.

Shu kundan boshlab,Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida Call center va Sohaga yo`naltirish maslahat  xonalari o`z ish faoliyatini boshladi. Mazkur vazifalarga filialning tajribali xodimlari biriktirildi.

Abituriyentlar va ularning ota-onalari filialda faoliyat yuritayotgan Call center hamda Sohaga yo`naltirish maslahat xonasi xodimlari bilan bog`lanib, o`zlarini qiziqtirgan savollarga quyidagi telefon raqamlari orqali javob olishlari mumkin:

  (75) 230-55-67              (75) 230-64-11

  (75) 522-98-11              (75) 522-50-47

        Bundan tashqari qabul yuzasidan barcha ma`lumotlarni www.stict.uz filial rasmiy saytidan olishlari mumkinligi ta`kidlandi.        

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan