Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

TKTI Shahrisabz filialining ijarada turadigan talabalari bilan uchrashuv

Ayni kunlarda, profilaktika inspektorlari Shahrisabz shahridagi OTM larda bo‘lib, talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Mazkur jarayonda profilaktika inspektorlari ijarada turgan talabalarning muammolarni yanada chuqur o‘rganishga, ularning tinchligi va yaxshi sharoitda istiqomat qilishlari uchun ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishgan.

Xuddi shunday hamkorlik uchrashuvi 13-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’I D.N.Temirov tashabbuskorligida bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda talabalarning o‘z haq-huquqlarni bilishlari, ijarada turish shartlari bilan yaqindan tanishishlari, mahalla obodonchiligiga o‘z hissalarini qo‘shishlari kerakligini,hamda talaba to‘rt yil oliygohda o‘qish mobaynida shu mahallada istqomat qilar ekan, demakki, bu yer ham uning o‘z maskani ekanligini unutmasligi lozimligi o’qtirildi.

Tartib bor joyda intizom bo‘ladi, o‘sish va rivojlanish bo‘ladi. Agarki biz yon atrofimizga e’tiborli bo‘lsak, o‘ylaymanki turli huquqbuzarliklarni oldi olingan bo‘lar edik.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan Namaton MFY profilaktik inspektori G’iyos Pardayev, talabalardan befarq bo‘lmaslikni, jamoat joyda avvalambo,r tartib intizomga rioya qilish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Uchrashuv davomida talabalarga karantin qoidalariga rioya qilish haqida tushuntirish ishlari olib borildi va ularni qiynayotgan muammolar bo’yicha savollarga javob berildi.