Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Vaksina oling – sog‘ligingizni asrang!

Butun dunyo, xususan, mamlakatimizda bir yildan ortiq davom etayotgan pandemiya davri jamiyatimizga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmayapti. To‘rt oydan oshiq davom etayotgan vaksinasiya jarayonlari yurtimizda bu ta’sirni kamaytirishda asosiy omil bo‘lib turibdi.

Shu sababli, bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali direktori professor Mutalov Shuxrat Ahmadjonovich,

filial direktor o‘rinbosarlari,

professor-o‘qituvchilari hamda barcha ishchi-xodimlari

koronavirus infeksiyasiga qarshi “Moderna” vaksinasi bilan emlandilar. Ushbu jarayonni Shahrisabz shahrida joylashgan №2-oilaviy poliklinika shifokori Ashurova Sabo ko‘rigida hamshiralar Aripova Nazokat, Qurbonova Nigoralar amalga oshirishdi.

Aziz tengdoshim, koronavirusga qarshi emlanish bilan Siz nafaqat o‘zingiz, balki, atrofdagilar salomatligini asragan bo‘lasiz!

Vaksina oling – sog‘ligingizni asrang!