Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

VAZIR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

26 – yanvar kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abdiqodir Toshqulov “Vazir va yoshlar” loyihasi doirasida Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar bilan Zoom dasturi orqali masofaviy uchrashuv o‘tkazdi. Unda, TKTI  Shahrisabz filiali Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi hamda filialning iqtidorli talaba yoshlari ishtirok etishdi.

Oliy taʼlim vazirligi vakillari tomonidan oliy taʼlimda:

  • “Vazirga takliflar” telegram guruhini tashkil etish;
  • “Oliy taʼlim vazirligining logotipini joriy etish” tanlovini oʼtkazish;
  • OTM oshxonalarining sanitar holati va ovqatlarning sifat va narxlarini rektorlar tomonidan nazorat qilish;

kabi takliflari va Talabalar tomonidan:

  • Oliy taʼlim muassasalari bilan tajriba almashish;
  • Tarjimonlar ittifoqi” guruhini tashkil etish;
  • Barcha turdagi davlat stipendiyalari, jumladan “Prezident stipendiyasi” tanlov meʼzonlariga oʼzgartirish kiritish;
  • 2-3-kursdan boshlab korxonalar tomonidan talabalarni ishga joylashtirish monitoringgini oʼtkazish;
  • Korruptsiyani oldini olish maqsadida oraliq nazoratlarni elektron shaklda tashkil etish kabi takliflar bildirildi.

“Vazir va yoshlar” uchrashuvi davomida talaba-yoshlar tomonidan bildirilgan yangiliklari va  amaliy takliflari tinglandi.