Xalq sayli

Shahrisabz shahar hokimligi tashabbuskorligida tashkil etilgan bu yilgi “Navroʼz sayli” 17-mart kuni Shahrisabz shahrining yuragi boʼlmish Аmir Temur maydonida boʼlib oʼtdi. Navroʼz saylida mahallalarning toʼkin bayram dasturxonlari, xalqimizning oʼlmas qadriyatlari asosida sahna koʼrinishlari, dor oʼyinlari, kurash va har xil sport musobaqalari, hunarmandchilik, bahoriy taomlar koʼrgazmalari hamda shahar madaniyat xodimlari va sanʼatkorlarining chiqishlari namoyish etildi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali professor-oʼqituvchilari va talabalari ham oʼz bahoriy taomlari ila bezalgan bayram dasturxoni hamda sahna chiqishlari bilan ishtirok etishdi. 

Shahar hokimi Аkrom Sulaymonov va nuroniylardan tashkil topgan hakamlar jamoasi tanlov ishtirokchilarining tayyorlab kelgan bahoriy taomlari, milliy liboslari, kashtachilik, popopchilik, toʼquvchilik mahsulotlarini koʼrib chiqib baholab borishdi. 

Mahalliy sanʼatkorlar ona-Vatanni ulugʼlovchi koʼy va qoʼshiqlari bilan tadbirga fayz kiritishdi.

Shahrisabz shahar hokimi Аkram Sulaymonov, eng yaxshi jamoalarni Аmir Temur tavalludi kunida boʼladigan tadbirda ragʼbatlantirilishini, taʼkidlab oʼtdi.

Joylarda Navruz sayillari koʼtarinki ruhda davom etmoqda.

Scroll to Top