Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Xotira va g’alaba ruhi

11-mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Xotira va gʼalaba ruhi” mavzusida uchrashuv boʼlib oʼtdi. Mazkur uchrashuv filial MMIB direktor oʼrinbosari D.N.Temirov koʼmagida tashkil etildi. Uchrashuvga Shahrisabz shahar “Xasti imom” masjidi imom xatibi Аkmal Nizomov, Shahrisabz shahar Yoshlar Ittifoqi kengashi raisi Shaxzod Gʼaniev, respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Shahrisabz shahar boʼlimi rahbari Sherzod Sultonovlar taklif etildi.  

Shuni taʼkidlash kerakki, bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar yoshlarda bugungi tinch-osoyishta kunimizning qadriga yetish, tinchlikni koʼz qorachigʼidek asrash, Vatanparvarlik, insoniylik, keksalarni eʼzozlash, shu bilan birga, urushga qarshi nafrat tuygʼularining shakllanishiga xizmat qiladi. Zero, mazkur maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvdan koʼzlangan asosiy maqsad ham shu, aslida.

Xalq hech qachon yaxshi farzandlarini esdan chiqarmaydi Xalqning xotirasiz yashashi aslo mumkin emas…

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan