Yaxshi dam-mehnatga hamdam.

Kuni kecha Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining professor-o’qituvchilari hamda talaba-yoshlari Shahrisabz shahridagi Madaniyat saroyida Viloyat musiqali drama teatri aktyorlari ishtirokidagi “To’ylar muborak” nomli sahnalashtirilgan tomoshasini ko’rish va undan madaniy xordiq    olish uchun tashrif buyurishdi. 

Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad, talabalar bo’sh vaqtini unumli tashkil etish, ular ongida bo’shliqqa yo’l qo’ymaslik va ularga boy adabiy merosimizga ulkan xissa qo’shgan buyuk adib va yozuvchilar merosini yaqindan tanishtirishdan iborat. 

Teatr juda ko’tarinki kayfiyatda o’tdi. Tashrif buyurgan mehmonlarning hammasi teatrdan ham ma’naviy, ham madaniy ozuqa olishdi. O’ylaymizki, mana shunday teatr tomoshalari hali ko’p bora bo’lib o’tadi.

Scroll to Top