Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

“Yosh tadbirkorning keng imkoniyatlari” mavzusidagi uchrashuv

Joriy yilning 8-iyun sanasida Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Jasur Raxmatovich Achilov Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialiga tashrif buyurdi.

Sud raisi filial talabalari bilan “Yosh tadbirkorning keng imkoniyatlari” mavzusida uchrashuv o‘tkazdi. 

Kadrlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar bilan tanishtirdi. Uchrashuv talaba yoshlarga katta motivatsiya berdi. Talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga sud raisi bilan yuzma-yuz muloqot qilish jarayonida javob olishdi.