Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Zulfiyaxonim 106 yoshda

Shahrisabz shahar madaniyat markazida Oʼzbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 106 yilligiga bagʼishlangan madaniy teatrlashtirilgan musiqali mushoira kechasi boʼlib oʼtdi.

Ushbu mushoira kechasini Yoshlar ishlari agentligi aʼzosi, Prezidentimiz-ning viloyatimizga tashrifi doirasida yoshlar bilan boʼlgan muloqotda ishtirok etib, mushoira oʼtkazish taklifi bilan qatnashgan Shahrisabz shahridagi 11-umumiy oʼrta taʼlim maktabining rus tili fani oʼqituvchisi, vaqtincha hokim lavozimida faoliyat koʼrsatgan Sabrina Tursunova uch tilda tashkil etdi. KechagaToshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali professor-oʼqituvchilari ham tashrif buyurishdi.

Shahrisabz shahar madaniyat markazi qoshida tashkil etilgan Yoshlar teatr studiyasi va №11, №15-umumiy oʼrta taʼlim maktablari bilan birgalikda tayyor-langan adabiy-badiiy, oʼzbek, rus va ingliz tillarida tashkil etilgan mushoira kechasida А.Navoiyning «Sabbayi sayyor» dostoni, «Maftuningman», «Kavkaz asirasi» filmlari, «Аrshin Mal alan» sahna spektakli va qator musiqiy chiqishlar ishtirokchilarda katta qiziqish uygʼotdi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan