O’zbek tilim! Bobolarim tilidir.
O’zbek tilim! Momolarim tilidir.
Tarixiga oltin harflar bitilgan,
O’zbek tilim! Bu kun Davlat tilidir.
2020-yil 21-oktabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 31 yillik shodiyonasiga bag’ishlangan “ Qadring baland bo’lsin, ona tilim” shiori ostida webinar bo’lib o’tdi.Unda professor-o’qituvchilar va filialning faol talabalari ishtirok etishdi. TKTI Shahrisabz filiali o`quv va tarbiyaviy ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari B.Sirojov so`zga chiqib, barcha ishtirokchilarni Til bayrami bilan tabriklab, yoshlarga tilimiz sofligini saqlash, ona tiliga e’tibor haqida qimmatli ma’lumotlar berdi.
So’ngra, talabalar o’zbek tilini madh etuvchi she’rlarni yod o’qishdi.




Webinar so’ngida, 21-oktabr “O’zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan o’tkazilgan tanlov g’oliblarini filial rahbariyati va Yoshlar ishlari agentligi yetakchisi tomonidan tayyorlangan tashakkurnoma, faxriy yorliq va esdalik sovg’a sifatidagi kitoblar bilan taqdirlashdi.

Tanlov g’oliblari quyidagilar:
1. “Til-millat ko’zgusi” mavzusidagi insholar tanlovida
1-o’rin G’aniyev Diyor (1-kurs),
2-o’rin Bigmurodov Behruz (1-kurs);
2. “Til-millat qiyofasi” mavzusida prezentatsiyalar tanlovida
1-o’rin Muhammadiyev Muhammadali (2-kurs),
2-o’rin Rasulov Mirjalol (2-kurs),
3-o’rin Nabiyev Anvar (1-kurs);
3.”She’riy lahzalar” mavzusida vedioroliklar tanlovida
1 – o’rin Asatullayeva Nargiza (2-kurs),
2-o’rin Lukmonova Noila (1-kurs);
4.”Qadring baland, Ona tilim!” shiori ostida ( challenge) vedioroliklar tanlovida
1 – o’rin Mahmayusupov Lochin (2-kurs),
2-o’rin Xudoynazarova Vazira (1-kurs),
3-o’rin Eshmurodava Gulira’no (1-kurs)
va boshqa ishtirokchilar munosib taqdirlandilar.
