OIV – bu odam organizmidagi immunitet tanqisligini keltirib chiqaruvchi VIRUS. Asosan odamning immunitet (himoya) tizimiga ta’sir qiladi.
OITS (SPID) – Orttirilgan Immunitet Tanqisligi Sindromi. U OIV infeksiyasining yakuniy bosqichi hisoblanadi. Bu davrda odam sog‘lomdek ko‘rinsa ham, o‘zi bilmagan holda, kasallik virusini boshqalarga yuqtirish xavfi yuqori bo‘ladi. Virus infeksiyasi yuqqan odamning qonida, erkaklarning shahvatida, ayollarning jinsiy a’zolari ajratmalarida va ko‘krak sutida bo‘ladi. Shuning uchun virus asosan 3 xil yo‘l bilan yuqadi:
1. Qon orqali.
2. Jinsiy aloqa orqali.
3. Vertikal yo‘l bilan – homila orqali, tug‘ruq orqali, sut orqali yuqishi mumkin.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan “2018 yilda O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish Davlat dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida OIV/OITS infeksiyasi, giyohvandlikning oldini olishga bag‘ishlangan ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda TKTI Shahrisabz filiali “Sanitariya va gigiyena” fani o‘qituvchisi Karimova Nigora. Hamshira Xolmurodova Oysuluv va Yoshlar Ittifoqi yetakchisi Umida To‘rayevalar ishtirok etib, OITS va narkologiya mavzusiga oid ko‘pgina ma’lumotlar haqida to‘xtalib, talabalarga bu borada o‘zlarining kerakli maslahatlarini berib o‘tdilar.

1-Dekabr – “Butunjahon OITS ga qarshi kurashish kuni”. Aslida, insoniyatga xavf solayotgan dardi-bedavo kasallik bilan har kuni har soatda kurashishimizni unutmasligimiz kerak!
