Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi haqidagi qaror 1992-yil 10-dekabr Oʻzbekiston Respublikasining Yuqori Kengashi 11-chaqirigʻida qabul qilingan.
✨Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.
✨Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zoʻr ehtirom bilan qarash Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.
✨Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov soʻzi, Oʻzbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov musiqasi.
✨"Oʻzbekiston Respublikasining davlat madhiyasi toʻgʻrisida“ gi qonuniga muvofiq madhiya quyidagi holatlarda ijro etilishi shart:
✨Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishganidan — qasamyod qabul qilganidan keyin;
✨Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yalpi majlislarining ochilish va yopilishida.