2-Jahon urushi qatnashchisi 1920-yilda Shahrisabz tumani Qutchi qishlog‘ida tug‘ilgan.
TKTI Shahrisabz filiali mikroiqtisodiyot fani o`qituvchisi Sa`dullayev Oybekning bobosi bo`lmish Sa’dullo Jabborov uzoq yillar qishloq xo‘jalik tizimida samarali mehnat qilgan, viloyat miqyosidagi rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bugun otaxonning uyida viloyat hokimligi va viloyat mudofaa tizimi mas’ullari, tuman hokimi boshchiligidagi sektorlar rahbarlari, TKTI Shahrisabz filiali Yoshlar yetakchisi Akobir Turaboyev, filialimizning faol talabalari Umrzoqov Jonibek va Ibragimov Izzatbek, faol nuroniylar va yoshlar jam bo‘lishdi.
Prezidentimizning Sa’dulla Jabborovning nomiga yuborgan bayram tabrigi otaxonga o‘qib eshittirildi va yurtboshimiz tomonidan yuborilgan qimmatbaho sovg‘alar tantanali topshirildi.