Joriy yilning 21-avgust kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida professor-oʻqituvchilar va xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Huquqiy bilimlar oyligi” doirasida davra suhbati tashkil etildi.
Unda Shahrisabz shahar Adliya bo‘limi katta maslahatchisi Turdiyev Muxsin Toshnazarovich, Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari B.Sh.Sirojov, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i M.Raximov, filial profilaktika inspektori B.Nosirov, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, filial xodimlariga qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilish, eng muhimi aholi uchun eng dolzarb masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berish maqsadida tashkil etildi.
Davra suhbatida ishtirokchilar huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida savol-javob bo‘lib o‘tdi.