“2021 yil: yangi marralar, yakdil qadamlar” shiori ostidagi targ’ibot tadbiri

TKTI Shahrisabz filiali hamda “Аvazmalik” mahalla fuqarolar yigʼini bilan hamkorlikda joriy yilning 9-fevralida “Prezidentning 2021 yilga bagʼishlangan Oliy Majlisga va xalqqa yoʼllangan murojaatnomasi” targʼibot tadbiri boʼlib oʼtdi.

Unda TKTI Shahrisabz filiali direktori prof. Sh.Mutalov, TKTI Shahrisabz filiali Oʼquv va tarbiyaviy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosari B.Sirojov, “Аvazmalik” mahalla fuqarolar yigʼini raisi S.Bekdiyorov, “Аvazmalik” mahalla fuqarolar yigʼini Oila xotin-qizlar va ijtimoiy maʼnaviy masalalari boʼyicha rais oʼrinbosari F.Mamanova, TKTI Shahrisabz filiali oʼqituvchisi O.Saʼdullaevlar ishtirok etishdi.

Tadbirni “Аvazmalik” mahalla fuqarolar yigʼini raisi Bekdiyorov Sattor kirish soʼzi bilan ochib berdi.

Sh.А.Mutalov oʼz maʼruzasida, yurtimizda amalga oshirilgan ulkan oʼzgarishlar, olib borilayotgan bir qator islohotlar, yoshlarga berilayotgan juda katta imkoniyatlar haqida toʼxtalib, bugungi kunda yoshlar faqat oʼqib izlanishi, yangi kashfiyotlar ustida ishlashi kerakligini taʼkidlab oʼtdi. Uchrashuv davomida 2021 yil “Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida”gi ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida, ushbu mahalladagi uyushmagan yoshlarni boʼsh vaqtini mazmunli oʼtqazish hamda kelajakda yoshlarni oliy taʼlimga qamrab olish, mahallada joylashgan boʼsh turgan kollej binosida filialning professor-oʼqituvchilari tomonidan oʼquv kurslari tashkil qilishga mahalla raisi hamda faollar bilan kelishib olindi. 

Munozaralarga boy boʼlgan tadbir yakunida, mahalla faollari oʼzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Scroll to Top