«Mahalla obodligi — yurt farovonligi»

Vazirlar Mahkamasining 26-apreldagi farmoyishi asosida bugun yurtimizda «Mahalla obodligi — yurt farovonligi» shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo`lib o`tmoqda. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida ushbu xayriya hashari ko`tarinki kayfiyatda o`tmoqda. Erta tongdan filial jamoasi ko`ngillilar qatorida o‘zi faoliyat yuritayotgan binoda hamda ko‘chalarda tozalik va obodonlashtirish ishlarini olib borishmoqda. Barchani umumxalq hasharida faol bo’lishga chaqirib qolamiz.