Kun: 03.11.2022

«Stol tennis» sport turi bo‘yicha viloyat saralash bosqichi

2022-yil 25-oktyabr kuni Qarshi shahrida “Universiada-2022” sport musobaqalarining «Stol tennis» sport turi bo‘yicha viloyat saralash bosqichi yakunlandi. Qizlar o‘rtasida 1-o‘rin TKTI Shahrisabz filiali talabasi Kuchkarbayeva Shaxnozaga nasib etdi va 5-8 kunlari Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tadigan Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo`lga kiritdi.

“Dolzarb 40 kunlik”

Joriy yilning 1-noyabr sanasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining fakultet dekani va dekan o`rinbosarlari hamda faol talabalari hamkorligida “Yashil makon umummilliy loyihasi” doirasida ko‘chat ekish ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Jarayon davom etmoqda.