01.03.2023

“7×7” MATEMATIK KECHA”

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida ““7×7” MATEMATIK KECHA” ma`naviy-ma`rifiy tadbir tashkil etildi. Kecha “Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi katta o`qituvchisi Shuxrat Qurbonov tashabbuskorligida bo`lib otdi. Unda “Al-Xorazmiy izdoshlari” hamda “Uchinchi renessans avlodlari” nomli guruhlar 7ta shart bo`yicha o`zaro bellashdilar. TANISHTIRUV, XOTIRA MASHQI, UYGA VAZIFA (“MATEMATIKA va HAYOT” deb nomlangan ijodiy ish), “KARVING SAN’ATI” SHARTI, ERKIN MAVZU, QIZIQARLI MUHANDISLIK LOYIHASI  kabi  shartlar nihoyatda qiziqarli hamda muhim ma`lumotlar asosida talabalar tomonidan namoyon erildi. So`nggi hisobga ko`ra, “Uchinchi renessans avlodlari” guruhi talabalari g`olib deb topildi. Tadbir nihoyasida talabalar esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.

Soha vakillari bilan uchrashuv

2023-yilning 28-fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida Talabalarni kelgusidagi kasbiy faoliyatga yo’naltirish bo’yicha sohaning yetakchi ish beruvchi korxona vakillari bilan davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida “Oq-saroy TEXTIL” LTD korxonasi “Texnik xafvsizlik va mehnat muhofazasi” bo`limi muhandisi E.Halimov, talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan direktor maslahatchisi U.Davronov, o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari B.Sirojov, professor-o’qituvchilar, “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” hamda “Texnologik mashina va jihozlar” ta’lim yo’nalishi talabalari ishtirok etishdi. Davra suhbatini o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari B.Sirojov kirish so’zi bilan ochib berdi va ushbu tashkil etilayotgan davra suhbatlarining filialda ta’lim olayotgan talabalarning kelgusidagi kasbiy faoliyatlarini belgilashda ahamiyati katta ekanligini ta’kidladi. Shundan so`ng, soha vakili korxonaning qisqacha tarixi, bugungi kundagi faoliyati, uning quvvati, jihozlari, laboratoriyasi to’g’risida birma-bir so’zlab berdi. Korxonada texnologik jihozlar va uskunalar muttasil yangilanib borilayotganligi, korxona yosh, bilimli kadrlar bilan boyitb borilayotganligi, yosh avlod vakillari sifatida filial talabalari ham o’qishni bitirgach shu va shunga o’xshash korxonalarda mehnat faoliyatini davom ettirishlari mumkinligini ta’kidladi. Soha yuzasidan qiziqarli savol-javoblar bo’lib o’tdi, korxona vakili talabalar tomonidan berilgan savollarga qoniqarli javoblar berdi. Davra suhbati yakunida korxona vakiliga hamda suhbat tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirildi hamda bunday uchrashuvlar yana davom ettirilishi ta’kidlandi.

Scroll to Top