“Donning namlik miqdorini aniqlash”

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasining “Don va don mahsulotlarini saqlash texnologiyasi” fani o`qituvchilari M.Tadjiyeva hamda F.Qobilov tomonidan OOT yo`nalishi 16-20, 17-20-guruh talabalari uchun navbatdagi namunali laboratoriya mashg`uloti tashkil etildi. Dars davomida talabalar “Donning namlik miqdorini aniqlash” mavzusi yuzasidan bajariladigan barcha tahlil jarayonlarni guvohi bo`ldilar. Ushbu laboratoriya mashg`uloti talabalarga manzur bo‘ldi.