25.03.2023

Yangilanayotgan Konstitutsiya chinakam xalq Konstitutsiyasi bo‘ladi.

Yangilanayotgan Konstitutsiya chinakam xalq Konstitutsiyasi bo‘ladi. Joriy yilning 25 mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali faollar zalida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish shunday nomlandi. Ma’lumki, Konstitutsiyaviy qonun loyihasida amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilib, moddalar soni 128 tadan 155 taga, Konstitutsiyamizning amaldagi 275 ta normasi 434 taga yetkazildi, ya’ni amaldagi Konstitutsiyamiz 65 foizga yangilandi. Soha o‘qituvchi va talabalari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda Konstitutsiyaga kiritilgan asosiy o‘zgartirishlarning har biri alohida muhokama qilindi. Ta’kidlash joizki, jamoatchilik muhokamalarida 220 mingdan ortiq taklif kelib tushgan va har to‘rtinchi taklif loyihaga kiritilgan. Tadbirda so‘zga chiqqanlar yangilangan Konstitutsiya tom ma’noda Xalq Konstitutsiyasiga aylanishini e’tirof etdi. Aytish joizki, yangilangan Konstitutsiya jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarini har tomonlama tartibga solish va mamlakatimizni demokratik rivojlantirishda eng muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Yig‘ilish so‘ngida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Barcha savollarga imkon qadar sodda va aniq javob berildi. Yig‘ilishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shaxnoza Xolmahmatova va O‘zLiDEP Qashqadaryo viloyat kengashi apparat rahbari Orziqul Sherovlar ishtirok etdi.

Законопроект является частью пропаганды

Законопроект является частью пропаганды В настоящее время проект конституционного закона «О Конституции Республики Узбекистан» пропагандируется по всей нашей стране с участием широкой общественности. Этому процессу было посвящено мероприятие, организованное в Шахрисабзском филиале Ташкентского химико-технологического института 24 марта в рамках «Информационно-менторского часа». Участниками данной встречи были член Постоянной комиссии народных депутатов Шахрисабзского городского кенеша по вопросам образования, здравоохранения, культуры, спорта и социальной защиты и член Народно-демократической партии Узбекистана, заведующий отраслевым заочным отделом. .Р.Рахмонова дала глубокое понимание характера изменений, внесенных в наш Общий словарь. Студенты приняли активное участие в мероприятии, которое прошло в духе открытости, и получили развернутые ответы на интересующие их вопросы.

Qonun loyihasi targ`ibot doirasida

Qonun loyihasi targ`ibot doirasida   Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi keng jamoatchilik ishtirokida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida 24-mart kuni “Axborot va murabbiylik soati” doirasida barcha talabalarga yetkazilishini ta`minlash maqsadida tashkil etilgan tadbir ham aynan ushbu jarayonga bag‘ishlandi. Ushbu yig‘ilishda ishtirokchilarga Xalq deputatlari Shahrisabz shahar kengashining Ta`lim, sog`liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalari bo`yicha doimiy komissiya a`zosi hamda O`zbekiston XDP a`zosi, filial sirtqi bo`lim boshlig`i Sh.R.Rahmonova tomonidan Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgarishlar mohiyati bo‘yicha atroflicha tushuncha berib o‘tildi. Ochiq ruhda o‘tgan tadbirda talabalar faol ishtirok etib, o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.

Scroll to Top