Iyun 2023

Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik

Shahrisabz shahar Amir Temur hiyobonida 30-iyun Yoshlar kuniga bag’ishlab “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali jamoasi ham faol ishtirok etdi.  

“Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.

“Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida turli xil tanlovlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Bugun ana shu soʻzlarning isboti sifatida filialimizda Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi. Tadbirni filial direktori professor Mutalov Shuhrat Axmadjonovich ochib berdi va barcha jamoalarga omad tiladi. Bu oʻyinda sirtqi ta`lim talabalari ham faol qatnashishdi. Oʻyin juda qizgʻin va bahs munozaralarga boy boʻldi. Jamoa ishtirokchilari oʻz iqtidori, bilim salohiyati va topqirliklari bilan quyidagi oʻrinlarni egallashdi:  “Zakovat malikalari” jamoasi 1-o`rin – bazaviy stipendiyaning 4 baravari; “Muhandislar” jamoasi 2-o`rin – bazaviy stipendiyaning 3 baravari; “Texnologlar” jamaosi 3-o`rin – bazaviy stipendiyaning 2 baravar miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi. Report content on this page

Mahalla yoshlari bilan manzilli ishlash

  Mahalla yoshlari bilan manzilli ishlash Davlatimiz rahbari raisligida joriy yil 11-aprel kuni “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish maqsadida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida alohida e’tiborga muhtoj, ijtimoiy-moddiy jihatdan davlatning yordamiga zarurati bo‘lgan yoshlarni rahbarlarga biriktirish, muammolar yechimini izlash, g‘amxo‘rlik qilish va doimiy qo‘llab-quvvatlash, to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, kasbga o‘rgatish, o‘qitish va ish bilan ta’minlash maqsadida yoshlarni Vazirlik tizimidagi boy hayotiy tajribaga ega rahbarlarga biriktirish an’anasi joriy etildi. Uning ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali direktori Sh.Mutalov rahbarligida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shunga ko‘ra, filialning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktorning birinchi o’rinbosari F.Xidirov boshchiligidagi ishchi guruh Kitob tumani “Bashir” MFYda yashovchi 77 nafar ijtimoiy xulq-atvori og‘ir bo‘lgan yoshlar bilan muloqot o’tkazish uchun tashrif buyurdilar. Yoshlar bilan suhbat o’tkazish chog’ida ularga esdalik sovg’alari va kitoblar sovg’a qilindi.   Report content on this page

Abituriyentlar va ularning ota-onalari savollariga javob berish maqsadida “Call center” ishga tushirildi.

    Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida 2023-2024 o‘quv yili Qabul jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollariga tezkor tarzda javob berish va konsultatsiya berish maqsadida har hafta dushanba-shanba kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat olib boruvchi”Call center” ishga tushirildi. Abituriyentlar, ota-onalar va jamoatchilik vakillari, o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan quyidagi “Call center” telefon raqamlariga murojaat qilish imkoniyatlari mavjud: 1) 75 230-50-80 2) 75 230-64-11 3) 75 230-13-48 4) 75 230-13-49 5) 75 230-55-67

TKTI Shahrisabz filialida “Kubik-rubik” musoboqasi bo`lib o`tdi.

TKTI Shahrisabz filialida “Kubik-rubik” musoboqasi bo`lib o`tdi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tomonidan talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida  “Kubik-rubik” musoboqasi bo`lib o`tdi. “Kubik-rubik” yaratilish tarixi haqida qisqacha ma`lumot beradigan bo`lsak, rubik kubi birinchi marta 1974 yilda sotuvga chiqarilganda, u venger tilida “Sehrli kub” yoki “Bűvös Kocka” deb atalgan. Vengriyadagi xalqaro patent muammolarini bartaraf etish uchun ushbu jumboqning huquqlarini sotib olgan Ideal Toy korporatsiyasi 1980 yilda uning nomini “Rubik kubi” ga o’zgartiradi. Rubikning Kubigi yoki Kubik Rubik 1974 yilda arxitektura professori Erne Rubik (Vengriya) Budapeshtda yaratilgan. Bu uning “imkonsiz obyekt” ni qurish maqsadida izlanishlari natijasi bo’ib, mazkur “imkonsiz obyekt” ni Erne o’zining o’quvchilarini qiziqtirish maqsadida yaratgan. Kashfiyotni yaratishi bilan uning muallifi 3 oydan so’nggina uni yechishga muvaffaq bo’lgan! Ilk kubiklar Bűvös Kocka («Mo’jizaviy kubiklar») degan nom bilan sotuvga chiqib, hozirgi kubiklardan 2 barobar og’irroq bo’lgan. 1980 yildan buyon tahminan 400 million kubik rubiklar sotilgan. Filialda tashkil etilgan ushbu musoboqada bir necha iqtidorli talabalar ishtirok etishdi. Murosasiz kechgan bahslarda Turaboyev Akobir 1-o’rinni (01.29.74 sekund); Qayumov Xasan 2-o’rinni (02.15.29 sek); Nasrullayev Azizbek 3-o’rinni (02.40.20 sek) egalladi. G’oliblar 30-iyun kuni taqdirlanadilar. Report content on this page

30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “shaxmat”, “voleybol”, “stol tennis” sport turlari bo’yicha musobaqa tashkil etildi.

30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “Bilim va tafakkurimiz-shu el uchun, shu yurt uchun” shiori ostidagi “shaxmat”, “voleybol”, “stol tennis” sport turlari bo’yicha musobaqa tashkil etildi.

“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!”

Joriy yilning 16-iyun sanasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining faollar zalida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi ma`naviy-ma`rifiy tadbir bo`lib o`tdi. Unda respublikamizda tanilgan ijodkorlar, san’at va madaniyat xodimlaridan Dilfuza Rahimova, Barno Qodirova, Mehmonali Salimov, yuridik fanlari nomzodi Feruza Muxiddinovalar ishtirok etishdi. Tashrifda professor-o‘qituvchilar hamda talabalar bilan davra suhbati ham tashkil etildi. Suhbatda mustaqil O`zbekistonimizda olib borilayotgan siyosiy jarayonlar, madaniyat sohasidagi so‘nggi yangiliklar haqida so‘z bordi. Report content on this page

Abituriyentlar va ularning ota-onalari savollariga javob berish maqsadida “Call center” ishga tushirildi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida 2023-2024 o‘quv yili Qabul jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollariga tezkor tarzda javob berish va konsultatsiya berish maqsadida “Call center” ishga tushirildi. Abituriyentlar, ota-onalar va jamoatchilik vakillari, o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan quyidagi “Call center” telefon raqamlariga murojaat qilish imkoniyatlari mavjud: 1) 75 230-50-80 2) 75 230-64-11 3) 75 230-13-48 4) 75 230-13-49 5) 75 230-55-67

Ayol go‘zal, oqila bo‘lishi muhim, lekin bilimli bo‘lishi shart.

O‘zbekiston Respublikasida davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Gender tenglikni ta’minlash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolliklarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida bo`lib o`tgan ochiq muloqot ana shu mavzuda bo`lib o`tdi.  Filial xotin-qizlar jamoasi tomonidan berilgan taklif va savollarning asosiy mazmuni yosh olima xotin-qizlarning iqtidorlarini yuzaga chiqarish, Gender tengligi, tayziq va zo‘ravonlikni oldini olish mavzularida bo`ldi. Ushbu savollarga soha mutaxassisi F.Qodirova tomonidan javob berildi. Oilada farzandlarning ilk tarbiyachisi, murabbiysi sifatida ayollarning ilmli, intellektual salohiyatli, keng dunyoqarashga ega bo‘lishi mamlakat kelajagini ta’minlovchi asosiy mezonlar sirasiga kiradi. Axir bejizga donishmandlar ayol go‘zal, oqila bo‘lishi muhim, lekin bilimli bo‘lishi shart, deya urg‘u bermaganlar. Report content on this page

Scroll to Top