“Bashir” MFYga tashrif

“Bashir” MFYga tashrif 20-iyul kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali direktori, professor Sh.A.Mutalov hamda talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan direktor maslahatchisi U.Sh.Davronov Kitob tumanining “Bashir” mahalla fuqarolar yig’iniga tashrif buyurdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 11-aprel kunidagi videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlariga asosan “Mahalladan Vazirlikgacha” turli ijtimoiy toifadagi yoshlar qatlami bilan individual ishlashning yangicha tizimi ijrosini taʼminlash maqsadida, rektorga biriktirilgan yoshlar va ularning vakillari bilan markaz binosida va xonadonlariga borib uchrashuvlar tashkil qilindi. Report content on this page