Yanvar 2024

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida talabalarni kelgusida kasbiy faoliyatga yo’naltirish va ularni munosib ish o’rinlari bilan ta’minlash bo’yicha sohaning yetakchi ish beruvchi korxonalari vakillari bilan davra suhbati o’tkazildi.

Davra suhbatida “Oq SAROY TEXTILE” mas’uliyati cheklangan jamiyati kadrlar tayyorlash muhandisi Oqila Ismoilova, filial ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari X.Tilavov, filialning “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi va sanoat uzumchiligi” fakulteti “Texnologik mashinalarni jihozlash”, “Kimyoviy texnologiya” va “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” yo’nalishlarining 4-kurs talabalari ishtirok etishdi. Ma‘ruzachi tomonidan korxona haqida batafsil ma’mot berib o’tildi. Soha vakili bilan talabalar o’rtasida soha yuzasidan qiziqarli savol-javoblar bo’lib o’tdi.

Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarga mas’ul tyutorlar faoliyatini oshirish hamda talabalar bandligini ta‘minlash maqsadida tyutorlar yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yigilishda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari F.Xidirov, talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan direktor maslahatchisi G’.Yangiboyev, filial profilaktika inspektori B.Nosirov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Boboyev, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i U.To’rayeva hamda tyutorlar ishtirok etishdi. Yig’ilishda tyutorlarning 2024-oʻquv yilidagi ish faoliyatini samarali tashkil etish, talabalarni kitob mutoalasiga va sportga qiziqtirish, ijara xonadonlarida tadbirlar o‘tkazishni ko‘paytirish, gazeta va jurnallarga obuna bo‘lish, tikuvchilik va pazandachilik to‘garaklarini samarali tashkil etish kabi masalalar haqida fikr yuritildi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz fililalida “11 fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni” munosabati bilan “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirni Xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi N.Shapsanova ochib berdi. Unda Yoshlar bilan ishalash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i U.Turayeva hamda professor-o’qituvchilar M.Kiyamova, A.Baxronova, F.Umirqulova, M.Haqnazarovalar yoshlarga kimyo sanoatida olib borayotgan ilmiy-tadqiqot bilan shug‘ullanishdagi o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Tadbirda ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qiziquvchi iqtidorli talaba-qizlar ishtirok etishdi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz fililalida “Talaba-yoshlar orasida giyohvandlik bilan bog‘liq noqonuniy faoliyatning barvaqt oldini olishga qaratilgan immunitetni shakllantirish bo‘yicha milliy va xorijiy tajribalar” mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari F.Xidirov, filial profilaktika inspektori B.Nosirov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Boboyev va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda Giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari, talaba-yoshlar orasida narkomaniyani oldini olishga qaratilgan immunitetni shakllantirish bo‘yicha milliy va xorijiy tajribalar xususida ma‘lumotlar berildi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Diniy ekstremizm, terrorizm  va  missionerlik -xavfsizlikka tahdid”  mavzusidagi  ma‘naviyat soatlarini guruhlar kesimida tashkil etish davom etmoqda. Navbatdagi dars “OOT” yo‘nalishining 12,13,14,15-23 guruhlarida tyutor I.A’zamov tomonidan ijro etildi.

✅Shuningdek, talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan direktor maslahatchisi G’.Yangiboyev,Yoshlar masalalari,ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo‘yicha bo‘limi boshlig’i U.To‘rayeva, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i M.Raximovlar ishtirok etib, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega bo‘lish, ijtimoiy tarmoqlardan to’g’ri va mazmunli   foydalanish kerakligini ta‘kidlab o‘tdi.

Scroll to Top