SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA YANGI TALABALAR TURAR JOYI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Joriy yilning 17-fevral kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida yangi 400 o’rinli Talabalar turar joyi qurib, foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimda Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov, Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo’riyev, TKTI Shahrisabz filiali direktori Sh Mutalov, keng jamoatchilik vakillari,  nuroniylar, faxriy ustozlar, jurnalistlar, blogerlar, institut professor-o’qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok etdi.