28.02.2024
Besh_tashabbus
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi hamda Axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish hamda ularda kitobga bo’lgan muhabbatni yanada oshirish maqsadida “Kitob-bilim manbai” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Ilmiy_amaliy_seminar
Toshkent kimyo texnologiya instituti Shahrisabz filialida joriy yilning 27-fevral kuni “Yangi g’oyalar va texnologiyalar. Scopus/WoS bazasida indexlangan jurnallarga maqola tayyorlash va chop etish” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda TKTI va Ispaniyaning Kantabriya universiteti doktoranti, “Muhandislik texnologiyalari” kafedrasi katta o’qituvchisi Kamolov Azizbek Baxtiyor o’g’li tomonidan filialning professor-o’qituvchilari hamda doktorantlariga Scopus, WoS, Google Scholar va Researchgate platformalaridan foydalanish, xalqaro jurnallarning baholash tizimlari, yangi g’oyalar asosida texnologiyalar yaratish, ilmiy maqola yozishda keng qo’llaniladigan dasturiy vositalardan foydalanish, xorijiy universitetlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovka grantlariga hujjatlarni tayyorlashda chet tilini bilishning muhimligi va uni topshirish jarayonlari bo’yicha keng ko’lamli ma’lumotlar berildi. Seminar so’ngida tinglovchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.