Aprel 2024

Talaba_qizlar

Milliy_qadriyatlar Joriy yilning 30-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali xotin-qizlar maslahat Kengashi tashabbusi bilan “Milliy liboslar -mening iftixorim” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi. Unda talaba – qizlarimiz milliy qadriyatlarimiz ifodasi bo’lgan milliy matolardan tikilgan liboslarimiz haqida fikr almashishdi.

Ma’rifat_ulashib

🔷Oliy ta’lim muassasalari talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab el ardog‘idagi shoir va yozuvchilar bilan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida uchrashuvlar tashkil etilmoqda. 🔷Joriy yilning 30-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida o’zbek adabiyotining yorqin namoyondalari Normurod Norqobilov hamda Azizbek Norovlar bilan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. 🔹Ijodkor yozuvchilarimiz talabalar bilan samimiy suhbat chog‘ida bolalik yillari, adabiy muhit, mashhur shoirlar ijodidagi muhim mavzular haqida so‘zlab berdi Elimiz ardog’idagi ijodkorlar Normurod Norqobilov hamda Azizbek Norovga filialimiz direktori Sh.Mutalov filialda yaratilgan imkoniyatlar, xususan, filialda faoliyat yuritayotgan “PT-PROCESSING TECHNOLOGY” o‘quv- ilmiy va ishlab chiqarish laboratoriyalari faoliyati bilan tanishtirdi.

talabalar_bahori festival

🔷Shahrisabz shahrida joylashgan so’lim “Beruniy” oromgohida “Milliy qadriyatlar-millat iftixori” shiori ostidagi “Talabalar bahori” festivali bo’lib o’tdi. 🔹Festival doirasida respublikamiz viloyatlarining urf-odatlari va milliy qadriyat va an’analarining namoyishi, talaba-yoshlar o‘rtasida «Mohir oshpazlar» ko‘rik tanlovi hamda turli sport o‘yinlari musobaqalari o‘tkazildi. Festival chin ma’noda talabalar bayramiga aylandi. 🔹Festival shukuhi sportsevarlarni ham chetlab o‘tmadi. Sportning arqon tortish, milliy kurash, tosh ko’tarish, futbol turlari bo‘yicha tashkillashtirilgan musobaqalar barcha yoshlarda katta qiziqish uyg‘otib, faol o‘g‘il-qizlar o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Festivalning badiiy qismida san’atkorlar ijro etgan kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

OTM_va_maktab_hamkorligi

🏢Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali professor-o’qituvchilari G’.Evatov, Sh.Muxtorova hamda L.Suyunovalar Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani “Avazmalik” MFY qishlog’idagi 26-umumiy o’rta ta’lim maktabiga tashrif buyurishdi. 🟢Tashrifdan maqsad, maktab bitiruvchi yoshlari bilan uchrashuv tashkil etisb, ularga filialdagi fakultetlar, kafedralar hamda yo’nalishlar faoliyati, ilm olish uchun yaratilgan barcha shart-sharoitlar haqida ma’lumotlar berish edi. 🟢Suhbat davomida o’quvchilardan berilgan savolarga javob berilib, bitiruvchi yoshlarni filialga “Ochiq eshiklar” kuniga taklif etildi.

Кўҳна ва ҳамиша навқирон шаҳар – Шаҳрисабзда тантаналар авжида

Шаҳрисабз шаҳрига 2024-йилда “Иқтисодий ҳамкорлик ташкилоти туризм пойтахти” мақомини топширишга бағишланган расмий тадбир ва концерт дастурини вилоят ҳокими Муротжон Азимов, ИҲТ бош котиби Хусрав Нозирий ҳамда Туризм қўмитаси раиси Умид Шадиевлар табрик сўзи билан очиб берди. (https://t.me/qvh_axboroti/22237) Тадбир давомида Шаҳрисабз шаҳрига 2024 йилда “Иқтисодий ҳамкорлик ташкилоти туризм пойтахти” мақоми сертификати тантанали равишда топширилди. (https://t.me/qashmatbuot/5948)

TKTI Shahrisabz filialida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

TKTI Shahrisabz filiali matbuot xizmati • 26 апреля в 15:59 Mamlakat kelajagi, barcha sohalar va loyihalar muvaffaqiyati bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, oʻz sohasining ustalari boʻlgan insonlarga bogʻliq. Mamlakatimizda aynan taʼlim sohasini, inson kapitalini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu bois Oliy ta’lim muassasalarida ham yetuk kadrlar yetishtirish yo’lida turli xil tadbirlar va seminarlar o’tkazilmoqda. Joriy yilning 26-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida bo‘sh ish o‘rinlari bilan ta’minlash, ularga yangi imkoniyatlarni taqdim etish maqsadida viloyatimizdagi korxona va tashkilotlar hamkorligida “Karyera kuni” nomli mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.  Ma’lumot o’rnida, bugungi kunda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida «Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi va sanoat uzumchiligi” fakulteti bo’lib, hozirgi kunda 7 yo’nalishda kunduzgi ta’limda 1215 nafar , sirtqi ta’limda 2094 nafar talaba tahsil olmoqda. Tadbirda filialning ja’mi 300 nafar bitiruvchilari qatnashdi.  Ushbu tashkil etilgan mehnat yarmarkasida “Ozbekistan GTL” MChJdan personal boshqarish tizimi mutaxassisi T.Tilovov,  “Qarshi Conch sement zavodi”dan ofis kadrlar bo’limi boshlig’I CHEN TIA, “EAST AGRO INTERNATIONAL” MChJ kadrlar bo’limi boshlig’i M.Alimova,  “Shahrisabz Vino-aroq” AJ ishlab chiqarish innovatsiya va mahsulot sifatini oshirish direktori Sh.Buzrukov,  , “Dehqonobod kaliy zavodi” MChJ o’quv markazi rahbari E.Hasanovlar Hasanovlar so’zga chiqishdi va bir qator 30dan ziyod korxona xodimlari o‘zlaridagi bo‘sh ish o’rinlari haqidagi ma’lumotlar bilan ishtirok etishdi. Tadbir davomida filialning har bir kafedralari o’z ko’rgazmalarini namoyish etishdi.  Tadbirga taklif etilgan korxona va tashkilotlar mas’ul xodimlarining talaba yoshlar bilan muloqoti qizg’in tus oldi. Bunda korxona va muassasalar bilan talabalar o’rtasida mehnat shartlari va ishlab chiqarish korxonalarida ish faoliyatlarini boshlash bilan bog’liq savollarga javob oldilar hamda ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Ayniqsa, “Qarshi Conch sement zavodi”ning mas’ul xodimlari tomonidan bo’sh ish o’rinlari uchun dastlabki saralash jarayoni bo’yicha suhbatning o’tkazilishi talabalarimizni quvontirdi. Hatto, ba’zi talabalar o’qishni bitirgach qaysi korxonalarda o’z faoliyatlarini boshlashlarini ham belgilab oldilar…

UMIDLI_KIMYOGARLAR_2024

TKTI_Shahrisabz_filiali Shu kuni soat 14:00 da filialimizda «UMIDLI KIMYOGARLAR-2024» respublika ilmiy-texnikaviy konferensiyasining Shahrisabz filiali sho’basi bo’lib o’tdi. Bunda “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi va “Kimyoviy texnologiya va sifat menejmenti” kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda iqtidorli talabalari o’zlarining ilmiy ishlarini taqdimoti bilan ishtirok etishdi. Anjumanda ilmiy yutuqlar va innovatsion jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha fikrlar, ilmiy va amaliy tajriba almashildi.

Scroll to Top