27.04.2024

talabalar_bahori festival

🔷Shahrisabz shahrida joylashgan so’lim “Beruniy” oromgohida “Milliy qadriyatlar-millat iftixori” shiori ostidagi “Talabalar bahori” festivali bo’lib o’tdi. 🔹Festival doirasida respublikamiz viloyatlarining urf-odatlari va milliy qadriyat va an’analarining namoyishi, talaba-yoshlar o‘rtasida «Mohir oshpazlar» ko‘rik tanlovi hamda turli sport o‘yinlari musobaqalari o‘tkazildi. Festival chin ma’noda talabalar bayramiga aylandi. 🔹Festival shukuhi sportsevarlarni ham chetlab o‘tmadi. Sportning arqon tortish, milliy kurash, tosh ko’tarish, futbol turlari bo‘yicha tashkillashtirilgan musobaqalar barcha yoshlarda katta qiziqish uyg‘otib, faol o‘g‘il-qizlar o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Festivalning badiiy qismida san’atkorlar ijro etgan kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

OTM_va_maktab_hamkorligi

🏢Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali professor-o’qituvchilari G’.Evatov, Sh.Muxtorova hamda L.Suyunovalar Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani “Avazmalik” MFY qishlog’idagi 26-umumiy o’rta ta’lim maktabiga tashrif buyurishdi. 🟢Tashrifdan maqsad, maktab bitiruvchi yoshlari bilan uchrashuv tashkil etisb, ularga filialdagi fakultetlar, kafedralar hamda yo’nalishlar faoliyati, ilm olish uchun yaratilgan barcha shart-sharoitlar haqida ma’lumotlar berish edi. 🟢Suhbat davomida o’quvchilardan berilgan savolarga javob berilib, bitiruvchi yoshlarni filialga “Ochiq eshiklar” kuniga taklif etildi.

Кўҳна ва ҳамиша навқирон шаҳар – Шаҳрисабзда тантаналар авжида

Шаҳрисабз шаҳрига 2024-йилда “Иқтисодий ҳамкорлик ташкилоти туризм пойтахти” мақомини топширишга бағишланган расмий тадбир ва концерт дастурини вилоят ҳокими Муротжон Азимов, ИҲТ бош котиби Хусрав Нозирий ҳамда Туризм қўмитаси раиси Умид Шадиевлар табрик сўзи билан очиб берди. (https://t.me/qvh_axboroti/22237) Тадбир давомида Шаҳрисабз шаҳрига 2024 йилда “Иқтисодий ҳамкорлик ташкилоти туризм пойтахти” мақоми сертификати тантанали равишда топширилди. (https://t.me/qashmatbuot/5948)

Scroll to Top