OTM_tanishuv

rektorlar_uchrashuvi Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori TKTI Shahrisabz filialida. ⚡️Bugungi kunda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida ko‘plab oliy ta’lim muassasalari bilan keng ko‘lamli hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. 🔹Bugun ana shunday hamkorlarimizdan biri Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori, fizika-matematika fanlari doktori, professor Ne’matov Sherzod Qalandarovich filialimizga tashrif buyurdi. 🔹Mazkur uchrashuv davomida filial direktori professor Sh.A.Mutalov o’quv dargohida olib borilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar va yangi loyihalar bilan o’rtoqlashdi, shuningdek, filialda yoshlarni nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan amaliy-o’quv laboratoriya hamda kompyuter xonalari, ishlab chiqarish ustaxonalari bilan yaqindan tanishtirdi.