Avgust 2024

Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 9-sentyabr, dushanba kunidan boshlanadi.

Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 21-avgustdagi 321-sonli buyrug‘ida belgilandi. maktablarda — 4-sentyabr;➖ akademik litseylarda — 4-sentyabr;➖ kasb-hunar maktablarida — 4-sentyabr;➖ kollej va texnikumlarning ikkinchi va undan yuqori kurslari uchun — 4-sentyabr. (https://t.me/OTM_Minbari) oliy ta’lim muassasalarida (barcha kurslar uchun) — 9-sentyabr; Kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun qabul davom etmoqda, shu sababli yangi o‘quv yilining boshlanish sanasi hali aniq emas, bu bo‘yicha keyinroq qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Tayyorgarlik jarayoni ko’zdan kеchirildi

Yangi o’quv yiliga boshlanishiga ham sanoqli kunlar qolmoqda. Shu bois shahar hokimi Shеrzod Bo’riеv, hokim o’rinbosari Azamat Sultonovlar birgalikda Toshkеnt kimyo-tеxnologiya instituti Shahrisabz filialida bo’lib, yangidan bunyod etilayotgan yotoqxona qurilishini ko’zdan kеchirishdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan Qo‘qon universitetida 23–25-avgust kunlari “Oliy ta’lim muassasalarida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha ustuvor vazifalar” mavzusida respublika o‘quv-seminari tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, respublikamizdagi 200 ga yaqin davlat, xorijiy va xususiy oliy ta’lim muassasalari birinchi prorektorlari hamda hamkor tashkilot vakillari ishtirok etmoqda. O‘quv-seminar soha mutaxassislarining muhim mavzulardagi ma’ruzalari bilan davom etmoqda.

Joriy yilning 21-avgust kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida professor-oʻqituvchilar va xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Huquqiy bilimlar oyligi” doirasida davra suhbati tashkil etildi. Unda Shahrisabz shahar Adliya bo‘limi katta maslahatchisi  Turdiyev Muxsin Toshnazarovich, Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari B.Sh.Sirojov, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i M.Raximov, filial profilaktika inspektori B.Nosirov, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etishdi. Uchrashuv Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, filial xodimlariga qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilish, eng muhimi aholi uchun eng dolzarb masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berish maqsadida tashkil etildi. Davra suhbatida ishtirokchilar huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida savol-javob bo‘lib o‘tdi.

Scroll to Top