07.12.2024

mening_konstitutsiyam

32_yoshda ⚡️Hozirgi kunda butun Respublikamiz bo’ylab O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi keng miqiyosda nishonlanmoqda. 🔹 Ushbu tadbir Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida ham ko’tarinki ruhda nishonlandi. “Iqtisodiyot” yo’nalishi tyutori A.Abdurashidov talabalari bilan “Konstitutsiya farovon hayotimiz kafolati” deb nomlangan tadbir tashkil etdi. 🔹 Tadbirda Shahrisabz shahar “Qalqon” harbiy  maktabi yoshlari ham ishtirok etishdi. 🔹 Shuningdek, tadbirda “Talaba-yugur” ko’ngillilar yugurish musobaqasi sovrindor talabalariga hamda sport murabbiysiga diplom va vaucherlar topshirildi.

“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!”

O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar. 64-modda 🔹 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shahrisabz  tuman bo‘linmasi tomonidan  9230 harbiy qismda “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir  o‘tkazildi. 🔹Tadbirda Toshkent  kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali Yoshlar masalalari bo’yicha dekan o’rinbosari Boboyev Maqsudjon Eshmamatovich o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. 🔹Unda O‘zbekiston Respublikasida  huquqiy Davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda Konstitutsiya va u asosida yaratilgan qonunlarimizning ustuvorligi jamiyat taraqqiyotining va ravnaqini belgilab beruvchi eng muhim omil ekanligi to‘g‘risida so‘z bordi.

Scroll to Top