Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

25-26-may kunlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan xalqaro ilmiy-texnikaviy konferensiya bo’lib o’tdi.

“KIMYO, NEFT-GАZNI QАYTА ISHLАSH HАMDА OZIQ-OVQАT SАNOАTLАRI INNOVАTSION TEXNOLOGIYALАRINING DOLZАRB MUАMMOLАRI” mavzusida bo’lib o’tgan konferensiyada Rossiya, Qozog’iston, AQSH, Ispaniya, Belarusiya, Xitoy, Koreya kabi 20 dan ortiq mamlakatlarning yetakchi olim va mutaxassislari ishtirok etishdi.

Konferensiya doirasida mamlakatimizda ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari va Toshkent kimyo-texnologiya institutining ilmiy-texnikaviy qo‘llanma va anjomlari ko’rgazmasi ham bo’lib o’tdi.

Koferensiya davomida nomdor stipendiya sohiblari ham taqdirlanishdi:

Konferensiyaning 2-kuni quydagi:

1. Organik va yuqori molekulyar birikmalar texnologiyasi, ular asosidagi materiallar

2. Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi

3. Anorganik moddalar va silikat, o’tga chidamli, nometall materiallar texnologiyasi

4. Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi va xavfsizligi

5. Kimyoviy ishlab chiqarishda sanoat ekologiyasi

6. Ta’lim, iqtisodiyot va menejment sohasidagi innovatsiyalar

sho’balarda davom etdi.

Konferensiyada institutimiz chet ellardagi oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorliklarni yanada mustahkamlandi